Ваш браузер устарел. Рекомендуем обновить его до последней версии.

Qori Niyoziy olimpiadasining final bosqichi

Опубликовано 22.02.2024

 

 

 

 

2023 - yil 22 - oktabr kuni Matematika instituti (https://www.mathinst.uz/), "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti (https://t.me/AIFU2022) hamkorligida maktab Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi
20 million so'm boʻlgan “Qori Niyoziy olimpiadasi” (https://t.me/milliymatematikauz/4445)ning Final bosqichi bo'lib o'tdi

Читать полностью »

O‘QUVCHILARINNG DARSLARDAGI ISHTIROKI VA TA’LIM-TARBIYASINI TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Опубликовано 14.02.2024

 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida umumta’lim maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi masalalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek,  Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi.

Читать полностью »

TA’LIM-TARBIYA TIZIMI: TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHI MUHOKAMA QILINDI

Опубликовано 14.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shuning uchun ham, O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.

Читать полностью »

2024-yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan

Опубликовано 14.02.2024

 Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazilmoqda. Unda joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgani aytildi.

"Lekin, matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatdi. Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi.

Читать полностью »

                                                                 Foydali resurslar

DuSeChPaJuShaYa

Содержание